#Haftalik_ish_reja #kotibiyat_xodimi_faoliyati #nazorat_tahlil #deputat_faoliyati
«Kelajak markazi»da faoliyat samaradorligini oshirish masalalari o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Q. Igamberdiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov tumandagi «Kelajak markazi»da bo‘lib, markazning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida markazda amalga oshirilayotgan ishlar, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud imkoniyatlardan foydalanish holati ko‘rib chiqildi. Shuningdek, markaz xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning faoliyat jarayonida duch kelayotgan muammolari, ehtiyojlari va takliflari tinglandi.
Muloqot davomida markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda ish samaradorligini oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni hal etish va markaz faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik faoliyati doirasida davom ettiriladi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram