Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
"Mehrobod" mahallasida bandlikni oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi!
янв.21
#sessiya kun tartibiga kiritiladigan masala #ish_reja_ijrosi #biriktirilgan_tashkilot #Kengash qarorlar ijrosi #kotibiyat_xodimi_faoliyati Aholi murojaatlari bilan ishlash holati deputatlik nazoratida
янв.21
#deputatlik_so‘rovi #deputatlik_nazorati #Temiryo‘lchi mahallasi #fuqarolar_murojaati “Temiryo‘lchi” mahallasi Uvaysiy ko‘chasida ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlashtirish yuzasidan murojaatlari deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masala #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #13-band #17-band #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov tomonidan “Jayhun” mahallasida deputatlik nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Jayhun” mahallasida boshqaruv samaradorligi va aholi bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
#kunlik_ish_reja #deputat_faoliyati Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining hududlardagi faoliyati bilan tanishing!
янв.21
#haftalik_ish_reja Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 12-oktabr – 16-oktabr)
янв.21
#Haftalik_ish_reja_tahlili #Haftalik_dayjest #Kotibiyat_faoliyati Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 05-oktabr — 10-oktabr kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari e’tibor va nazoratda
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #yoshlar_maslahat_guruhi “Yoshlar maslahat” guruhi faoliyati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN 169-MAKTABDAGI 2500 NAFARDAN ZIYOD O‘QUVCHI UCHUN YANGI SPORT MAYDONCHASI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ DEPUTAT TASHABBUSI BILAN 169-MAKTABDAGI 2500 NAFARDAN ZIYOD O‘QUVCHI UCHUN YANGI SPORT MAYDONCHASI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Xusniddin Ergashev Shayxontohur tumanidagi “Huvaydo” mahallasida joylashgan 169-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchilar uchun yangi ochiq futbol maydonchasi tashkil etish rejalashtirilayotgan hududni bevosita joyiga chiqib o‘rgandi.

🏫 Mazkur ta’lim muassasasida bugungi kunda 2500 nafardan ziyod o‘quvchi tahsil olmoqda. Shuncha o‘quvchining jismoniy tarbiya darslarini munosib sharoitda o‘tashi, sport bilan muntazam shug‘ullanishi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi uchun maktabdagi sport infratuzilmasini yanada yaxshilash dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi.

📩 Aynan shu ehtiyojdan kelib chiqib, 169-sonli maktab direktori tomonidan deputat Xusniddin Ergashev nomiga rasmiy murojaat yo‘llangan. Unda maktab hududida yangi o‘quv binosi barpo etilgani, mazkur binoning yonida esa bolalar uchun zamonaviy ochiq futbol maydonchasi qurishga yetarli va qulay bo‘sh yer maydoni mavjudligi bildirilgan. Maktab ma’muriyati ushbu hududda yangi sport inshootini tashkil etishda deputatdan amaliy yordam so‘ragan.

🔎 Xusniddin Ergashev murojaatni faqat hujjatlar asosida ko‘rib chiqish bilan cheklanmay, masalani bevosita joyiga chiqib o‘rgandi. Kelgusida futbol maydonchasi joylashtirilishi rejalashtirilayotgan yer maydoni ko‘zdan kechirilib, uning mavjud imkoniyatlari hamda sport inshootini tashkil etish bo‘yicha dastlabki takliflar muhokama qilindi.

📉 Ayni paytda mazkur loyihaning yakuniy chizmalari hali to‘liq tayyor emas. Shu sababli o‘rganish davomida avvalo hududning imkoniyatlari, maydonchani joylashtirish masalalari va keyingi bosqichda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘rib chiqildi.

💰 Shahar Kengashi deputatlariga hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish va mahallalarni obodonlashtirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish uchun ajratiladigan maqsadli mablag‘lardan samarali foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Xusniddin Ergashev o‘ziga ajratilgan mablag‘ning bir qismini aynan 2500 nafardan ziyod yosh avlod tahsil olayotgan 169-sonli maktabda yangi ochiq futbol maydonchasini barpo etishga yo‘naltirishga qaror qildi.

🔎 Bu tashabbus mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri — mahallalarda bolalar va yoshlar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablaridagi sport obyektlari hamda ularning jihozlanganlik holatini o‘rganish va zarur sharoitlarni yaxshilash vazifalari bilan bevosita bog‘liq.

♻️ Yangi ochiq futbol maydonchasining barpo etilishi, avvalo, maktab o‘quvchilarining jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi. Shu bilan birga, ushbu sport maskani “Huvaydo” mahallasidagi yoshlarning ham bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi va sog‘lom turmush tarziga kengroq jalb etilishiga xizmat qilishi ko‘zda tutilmoqda.

📋 Mazkur masalaning aynan joyiga chiqib o‘rganilgani ham deputat faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan hududdagi dolzarb masalalarni bevosita manzilda o‘rganish, mavjud ehtiyojni aniqlash va mablag‘larni eng zarur loyihalarga yo‘naltirish tamoyiliga mos keladi.

🗣 O‘rganish yakunida Xusniddin Ergashev mazkur tashabbus bo‘yicha loyiha hujjatlarini tez fursatlarda tayyorlash hamda qurilish ishlarini tizimli boshlash yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishini ma’lum qildi.

💡 169-sonli maktabda yangi ochiq futbol maydonchasini barpo etish bilan bog‘liq keyingi jarayonlar deputatning shaxsiy nazoratida bo‘ladi.

🤝 2500 nafardan ziyod o‘quvchi tahsil olayotgan maktabda sport uchun munosib sharoit yaratish — yoshlarning salomatligi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va kelajak avlod kamolotiga qaratilgan muhim tashabbusdir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 2