#Ish_reja
🇺🇿 Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi 14-Chaqar saylov okrugidan saylangan deputat Shuxrat Raxmonov Chaqar MFYda o‘rganishlar olib boradi.
O‘rganishlar davomida:
✅ Mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi va yoshlar bandligi;
✅ Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi;
✅ Mahallalardagi sport inshootlari, maktablardagi sport zallari hamda sport jihozlarining holati;
✅ Hokim yordamchilari faoliyati samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari;
✅ Ijtimoiy ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlanishi hamda to‘lanishi holati o‘rganiladi.
🤝 Maqsad — mavjud muammolarni joyida aniqlash, aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash.