Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Uvaysiy ko‘chasidagi jamoaviy murojaatlar joyida o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasidagi maydon holati o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Eskishahar” mahallasida islohotlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya va ekspert guruhi: kengash qarori ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat saylov okrugida: muammo — joyida, yechim — amaliy choralar bilan
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
FHDYO bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ–1159-sonli Qonun doirasida o‘rganildi
MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 7-Qahramon saylov okrugi deputati S. Xakimov tomonidan 30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 11-bandi ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimining holati, mavjud isitish vositalarining sozligi va foydalanishga tayyorligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘quv xonalari, ma’muriy va yordamchi binolarda issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq masalalar o‘rganilib, mavsumni betalafot o‘tkazish uchun zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish va kamchiliklarni bartaraf etish deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4