Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat va pedagoglar muloqoti: ta’limdagi islohotlar va e’tirof
янв.21
Xalq manfaati — e’tiborda: “Tinchlik” mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #Kengash_raisi #deputat_faoliyati Deputatlar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #6_band #162_qonun #Kengash_raisi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “TINCHLIK” MAHALLASIDA FAOLIYAT “24 TA ENG MUHIM YO‘NALISH” ASOSIDA TAHLIL QILINDI
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #6_band #162_qonun #Kengash_raisi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT VA SENATORNING HUQUQLARI KAFOLATLANADI
янв.21
CHAQIRIB OLISH BO‘YICHA OVOZ BERISH TASHKIL ETILADI
янв.21
#kunlik_ish_reja #deputat_faoliyati Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining hududlardagi faoliyati bilan tanishing!
янв.21
1-oktabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni!
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida mahalla raisi faoliyati deputatlik nazoratida
Yorqin mahallasida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Hududlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlarining sifatli tashkil etilishini ta’minlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati R. Alijonova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Z. Yakubova tomonidan Yorqin MFY hududidagi ichki yo‘llarning holati o‘rganildi.

Jumladan, Yorqin saylov okrugiga qarashli Yorqin MFY Mustaqillik ko‘chasida olib borilayotgan yo‘l-ta’mirlash ishlari joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 8-iyundagi VII-27-43-11-168-K/26-son qarori ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-son qaroriga muvofiq qabul qilingan bo‘lib, unda Marg‘ilon shahridagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat tasdiqlangan.

Joyiga chiqib o‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlarning tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga muvofiqligi, yo‘l qoplamasining holati va sifati, ta’mirlash ishlarining belgilangan talablar asosida olib borilishi hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, yo‘l-ta’mirlash ishlarini sifatli hamda belgilangan muddatlarda yakunlash zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, yakuniy natijasi va aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

Slide 1 of 6