Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Uvaysiy ko‘chasidagi jamoaviy murojaatlar joyida o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasidagi maydon holati o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Eskishahar” mahallasida islohotlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya va ekspert guruhi: kengash qarori ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat saylov okrugida: muammo — joyida, yechim — amaliy choralar bilan
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
FHDYO bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ–1159-sonli Qonun doirasida o‘rganildi
DEPUTATLIK O‘RGANISHI: OILALARNING MUAMMOLARIGA INDIVIDUAL YONDASHUV

📍Qoramang'it mahallasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M.Kilichov tuman Kengash kotibiyati tomonidan shakllantirilgan oilalar ro‘yxati asosida, Ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda o‘rganish olib bordi.

🔎 O‘rganish davomida oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash, shuningdek, tibbiy, ta’lim va boshqa ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganildi.

🏠 Shuningdek, oilalarning yashash sharoiti, xonadonni saqlash madaniyati, sanitariya holati hamda tomorqadan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish hamda oilalarning daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

📋 O‘rganish natijalaridan kelib chiqib, “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda individual rejalarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar shakllantirildi.

Bugungi deputat — muammoni aniqlaydi, yechimni izlaydi va natijani nazorat qiladi.

Slide 1 of 3