Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #fuqarolar_qabuli #162_qonun “Ma’rifat” mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #10_band #162_qonun #Kengash_raisi #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Farxod” mahallasida zarur mahsulotlar narxi va ta’minot holati deputatlik nazoratidan o‘tkazildi
янв.21
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #162_qonun #Kengash_raisi #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Farxod” mahallasida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha nazorat-tahlil ishlari olib borildi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #162_qonun #Kengash_raisi #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Farxod” mahallasida O‘RQ–406-sonli Qonun ijrosi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #biriktirilgan_tashkilot #doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi Termiz shahar Ekopolitsiya bo‘limi faoliyati qonun doirasida tahlil qilindi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #162_qonun #Kengash_raisi #kotibiyat_xodimi_faoliyati Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #24_band #kengash raisi_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Pattakesar” mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
янв.21
#kunlik_ish_reja #deputat_faoliyati Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining hududlardagi faoliyati bilan tanishing!
янв.21
Uvaysiy ko‘chasidagi ichki yo‘llar muammosi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Ma’rifat” mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi muhokama qilindi
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva tomonidan “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim R.Yunusovning faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada kambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularning muammolarini manzilli o‘rganish hamda oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lum qilinishicha, “Nurafshon” mahallasida 85 ta oila kambag‘al oilalar ro‘yxatiga kiritilgan. Amalga oshirilayotgan manzilli chora-tadbirlar natijasida hozirgi kunga qadar 23 ta oila kambag‘allikdan chiqarilgan.

Ayni paytda mahallada xonadonma-xonadon xatlov ishlari olib borilmoqda. Xatlov jarayonida oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, daromad manbalari, bandlik masalalari hamda mavjud ehtiyojlari o‘rganilib, aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilanmoqda.

O‘rganish davomida kambag‘al oilalarni doimiy daromad manbaiga ega qilish, mehnatga layoqatli oila a’zolarining bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish orqali kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha manzilli ishlarni davom ettirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, xatlov natijalarini puxta tahlil qilish, har bir oilaning holatidan kelib chiqib individual yondashuvni ta’minlash hamda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini muntazam monitoring qilib borish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3