Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Uvaysiy ko‘chasidagi jamoaviy murojaatlar joyida o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasidagi maydon holati o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Eskishahar” mahallasida islohotlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya va ekspert guruhi: kengash qarori ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat saylov okrugida: muammo — joyida, yechim — amaliy choralar bilan
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
FHDYO bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ–1159-sonli Qonun doirasida o‘rganildi
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati D.Musayeva tomonidan “Akbarobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi bilan suhbat o‘tkazildi.

🗣️Suhbat davomida mahalladagi yoshlar bilan ishlash holati, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport, ta’lim, bandlik, tadbirkorlik va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etish masalalari muhokama qilindi.

✅Mazkur suhbat deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida tashkil etilib, hududdagi yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu jarayon “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

👥Suhbat yakunida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish orqali hal etish hamda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2