Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Uvaysiy ko‘chasidagi jamoaviy murojaatlar joyida o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasidagi maydon holati o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Eskishahar” mahallasida islohotlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya va ekspert guruhi: kengash qarori ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat saylov okrugida: muammo — joyida, yechim — amaliy choralar bilan
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
FHDYO bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ–1159-sonli Qonun doirasida o‘rganildi
Fuqarolar murojaati asosida ichimlik suvi quvuridagi nosozlik bartaraf etildi

 Fuqarolar murojaati asosida ichimlik suvi quvuridagi nosozlik bartaraf etildi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Taxiatosh tumani partiya kengashi hamda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich tomonidan Taxiatosh MFY hududidagi 14-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi yonida ichimlik suvi quvurining yorilgani yuzasidan kelib tushgan fuqarolar murojaati o‘rganildi.

🔎 Monitoring davomida quvurda nosozlik yuzaga kelgani aniqlanib, holat tegishli mas’ullarga yetkazildi.

🛠 Murojaat asosida ishchi guruh tomonidan zarur choralar ko‘rilib, ichimlik suvi quvuridagi nosozlik qisqa muddatda bartaraf etildi.

💧 Natijada suvning behuda oqib ketishining oldi olinib, aholi uchun muhim bo‘lgan ichimlik suvi ta’minotidagi muammo o‘z vaqtida hal etildi.

📌 Fuqarolar murojaati — muammoni aniqlash va uning amaliy yechimini topishda muhim vosita. Aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 2