Tashrif davomida deputatlar kutubxonadagi kitoblar fondi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot oldilar.
Shuningdek, maktabda o‘quvchilarga milliy cholg‘u asboblarini o‘rgatish va ularning san’atga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish yo‘nalishidagi faoliyat bilan ham tanishildi.
Milliy musiqa asboblari yosh avlodni milliy qadriyatlarimiz va boy madaniy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Tashrif davomida maktabdagi ta’lim-tarbiya jarayonini yanada rivojlantirish, o‘quvchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.