#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#KQ_35_V_sonli_qaror_ijrosi
Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Bektepa" mahallasida Senat Kengashining KQ-35-V-sonli qarori ijrosi o‘rganildi
✅Bandixon tumanida mahalliy Kengash deputatlarining “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirish, aholi murojaatlarini joyida o‘rganish hamda hududiy muammolarga tizimli yechim topish borasida amaliy tadbirlar olib borilmoqda.
✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 2-Bektepa saylov okrugi deputati B.Yo‘ldoshevga biriktirilgan Kotibiyat xodimi E.Eshonqulov "Bektepa" MFYda bo‘lib, Mahalla raisi faoliyati bilan tanishdi.
✅O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-son “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablari asosida tashkil etildi.
✅Monitoring jarayonida mahallada fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ijrosi, mahalla boshqaruv tizimining samaradorligi hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini muvofiqlashtirish choralari tahlil qilindi. Tashrif yakunida aniqlangan masalalar bo‘yicha Mahalla raisiga faoliyat natijadorligini oshirish yuzasidan tegishli amaliy tavsiyalar berildi.