Aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi F. Temirov hamda Nuroniy jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi T. Qodirov Gumbaz mahallasi aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan 10 dan ortiq murojaat va masalalar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
Murojaatlarning 6 tasi ijobiy hal etildi. Shuningdek, bir nafar fuqaroga Nuroniy jamg‘armasi tomonidan dam olish maskaniga yo‘llanma olib berilishi ma’lum qilindi.
Aholi bilan bunday ochiq va samimiy muloqotlar fuqarolarni qiynayotgan muammolarni aniqlash hamda ularni o‘z vaqtida hal etishga xizmat qilmoqda.