35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Faoliyat samaradorligi va mas’uliyat: Kengash raisi D.Normuradova boshchiligida doimiy komissiyalar hamda ekspert guruhlari faoliyati tahlil qilindi!
янв.21
#kunlik_ish_reja #deputat_faoliyati Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining hududlardagi faoliyati bilan tanishing!
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” mahalla sari: “Yulduz” mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy holat va bandlik masalalari tahlil qilindi!
янв.21
"Shifokor" mahallasida O‘RQ-406-sonli Qonun doirasida yoshlar masalalari muhokama qilindi!
янв.21
"Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi" mahalla sari: "Shifokor" mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy holat va bandlik masalalari tahlil qilindi!
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” mahallalar — yangi muhit
янв.21
#kunlik_ish_reja #deputat_faoliyati Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining hududlardagi faoliyati bilan tanishing!
янв.21
Sessiya oldidan Kengash doimiy komissiyalarining qo'shma yig'ilishi: Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha shahar hokimi o‘rinbosari B.Ergashovning hisoboti tinglandi!
янв.21
Sessiya oldidan Kengash doimiy komissiyalarining qo'shma yig'ilishi: Mahalliy budjet daromadlari va soliq tushumlari tahlil qilindi!
янв.21
Aholi va bolalar xavfsizligi nazoratda
Suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash holati o‘rganildi

Suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva tomonidan o‘zi saylangan Bunyodkor MFY hududida mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida hududdagi xonadonlarni suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash holati yaqindan ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, suyultirilgan gaz ballonlarining “FES” tizimi orqali xonadonlarga yetkazib berilishi jarayoni bevosita hududning o‘zida o‘rganildi. Jarayon davomida aholiga gaz ballonlarini yetkazib berishdagi mavjud holat, xizmat sifati va fuqarolarning murojaatlari tahlil qilindi.

Shuningdek, deputat tomonidan fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning murojaatlari va muammolari tinglandi. Aholini suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Aholi murojaatlarini joyiga chiqib o‘rganish va mavjud muammolarni amaliy hal etish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 4