35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” mahalla sari: “Yulduz” mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy holat va bandlik masalalari tahlil qilindi!
янв.21
"Shifokor" mahallasida O‘RQ-406-sonli Qonun doirasida yoshlar masalalari muhokama qilindi!
янв.21
"Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi" mahalla sari: "Shifokor" mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy holat va bandlik masalalari tahlil qilindi!
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” mahallalar — yangi muhit
янв.21
#kunlik_ish_reja #deputat_faoliyati Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining hududlardagi faoliyati bilan tanishing!
янв.21
"Turon" mahallasida aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi!
янв.21
Mahalla faoliyati — “24 ta eng muhim yo‘nalish” asosida tahlil qilindi
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
“Farxod” mahallasida aholi bandligi va oilalar daromadini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi
янв.21
#24_ta_tavsiyalar Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR
“QOZIGUZAR” MAHALLASIDA YOMG‘IR SUVLARI TOSHQININING OLDINI OLISH BO‘YICHA QURILISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

#deputat_soʻrovi_javobi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “QOZIGUZAR” MAHALLASIDA YOMG‘IR SUVLARI TOSHQININING OLDINI OLISH BO‘YICHA QURILISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Dilshod Shoumarovning Uchtepa tumani “Qoziguzar” mahallasida yog‘ingarchilik vaqtida yuzaga kelayotgan suv toshqinlari muammosini bartaraf etish yuzasidan yo‘llagan deputatlik so‘roviga Toshkent shahar hokimligi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi. Toshkent shahar hokimligi mazkur masala bo‘yicha Uchtepa tumani hokimligining o‘rganish natijalarini deputatga yuborgan.

📩 Avvalroq deputatlik so‘rovida “Qoziguzar” mahallasining “Katta qani” ko‘chasi 18-uy hamda boshqa xonadonlarda kuchli yog‘ingarchilik vaqtida yomg‘ir suvlari uy-joylarga kirib kelayotgani ko‘tarilib, muammoni bartaraf etish uchun tegishli muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan edi.

📉 Rasmiy javobga ko‘ra, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala Uchtepa tumani hokimligi tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilgan. Uchtepa tumani hokimi o‘rinbosari N. Ismatov tomonidan taqdim etilgan ma’lumotda “Qoziguzar” mahallasida suv toshqinlarining oldini olish, aholi xonadonlarini muhofaza qilish va hududning muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash maqsadida tasdiqlangan hududiy dastur doirasida qurilish-montaj ishlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.

🌧 Xususan, hududning mavjud relyefi hamda yomg‘ir suvlari oqimining yo‘nalishi hisobga olinib, yomg‘ir suvlarini qabul qilish va uzluksiz oqizib yuborishga mo‘ljallangan yangi quvur tarmoqlarini yotqizish, eskirgan quvurlarni zamonaviy quvurlarga almashtirish hamda suv oqimini yaxshilashga qaratilgan muhandislik ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

🏗 Mazkur qurilish ishlari yakunlangach, yog‘ingarchilik vaqtida hosil bo‘ladigan yomg‘ir suvlarini markazlashgan tarzda oqizish imkoniyati yaratilishi, buning natijasida xonadonlar va ichki ko‘chalarga suv kirishining oldini olish ko‘zda tutilgani qayd etilgan.

🌿 Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar hududning sanitariya va obodonlashtirish holatini yaxshilash, fuqarolar uchun yanada qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qilishi ta’kidlangan.

⏳ Eng muhimi, rasmiy javobda qurilish ishlari hozirgi kunda belgilangan jadval asosida jadal sur’atlarda olib borilayotgani va yaqin muddatlarda to‘liq yakunlanishi rejalashtirilgani ma’lum qilingan. Mazkur masala Uchtepa tumani hokimligi tomonidan ham alohida nazoratga olingan.

🤝 Shu tariqa, deputat Dilshod Shoumarov tomonidan aholi murojaati asosida ko‘tarilgan muammo yuzasidan amaliy qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. “Qoziguzar” mahallasida yomg‘ir suvlari toshqinining oldini olishga qaratilgan ishlarning sifatli va to‘liq yakunlanishi hamda fuqarolar murojaatining amaliy yechim topishi deputat Dilshod Shoumarov tomonidan nazorat qilib boriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1