Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Begmatov Paxtakor mahallasidagi 49-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2026–2027-o‘quv yilining ochilish tadbirida ishtirok etdi.
🎉 Tadbir davomida maktab ostonasidan ilk bor qadam qo‘yayotgan jajji o‘quvchilar samimiy tabriklandi. Ularga yangi bilimlar, yorqin taassurotlar, mustahkam sog‘liq va ulkan zafarlar tilandi.
👩🏫 Zero, maktab — nafaqat bilim maskani, balki kelajak bunyodkorlari kamol topadigan muqaddas dargohdir. Bugun ilk qadamini qo‘ygan bolajonlarimiz ertaga yurtimizning munosib farzandlari, bilimli va fidoyi mutaxassislari bo‘lib yetishishiga ishonamiz.
🇺🇿 Yangi o‘quv yili barchaga muborak bo‘lsin! Ilm yo‘lidagi har bir qadam kelajakdagi ulkan yutuqlarga boshlasin!