35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Mahalliy kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi — samarali faoliyat garovi
янв.21
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #162_qonun #biriktirilgan_tashkilot #Kengash_raisi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati FHDYO bo‘limi faoliyati bilan tanishildi
янв.21
"Manguzar" mahallasida bandlikni oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi!
янв.21
"Baynalminal" mahallasida deputat qabuli o‘tkazildi
янв.21
"Baynalminal" mahallasida bandlikni oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi!
янв.21
Inson qadri uchun: “Kattabog‘” mahallasida ehtiyojmand va kambag‘al toifasidagi xonadonlar holati o‘rganildi!
янв.21
Moddiy-madaniy meros obyektlari holati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati: Mutolaa madaniyati va axborot xizmatlari deputatlik nazoratida
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR
780 O‘RINLI YANGI BOG‘CHA — BOLAJONLAR UCHUN ZAMONAVIY VA QULAY SHAROIT

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🏫 780 O‘RINLI YANGI BOG‘CHA — BOLAJONLAR UCHUN ZAMONAVIY VA QULAY SHAROIT

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Luiza Hikmatova Olmazor tuman Kengashi deputati U. Fayziyeva bilan birgalikda Olmazor tumanining “Qichqiriq” mahallasida joylashgan 441-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati hamda yangi barpo etilgan binoda yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi.

🔺 Mazkur hududda 780 nafar tarbiyalanuvchiga mo‘ljallangan, zamonaviy va zarur sharoitlarga ega yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi barpo etilgan. Yangi maskan hududdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning sifatli ta’lim-tarbiya olishi va har tomonlama rivojlanishi uchun xizmat qiladi.

🔎 O‘rganish davomida Luiza Hikmatova muassasaning moddiy-texnik bazasi, guruh xonalari, bolalar uchun mo‘ljallangan o‘yin va dam olish hududlari, sanitariya-gigiyena talablari hamda ichki va tashqi hududlarda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

🔺 Ayniqsa, bolalarning xavfsizligi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, o‘yin maydonchalaridan samarali foydalanish hamda tarbiyalanuvchilar uchun qulay muhitni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Pedagog va xodimlarning faoliyati, bolalar bilan olib borilayotgan ta’lim-tarbiya jarayonlari ham o‘rganildi.

🌳 Shuningdek, yangi binoning imkoniyatlaridan samarali foydalanish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini davom ettirish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

📉 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan kelib chiqib, bolalar uchun yaratilayotgan sharoitlarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish, ijtimoiy soha obyektlari faoliyatining samaradorligiga e’tibor qaratish hamda mavjud masalalarni aniqlashga qaratildi.

✅ O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda 441-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

📋 780 nafar jajji tarbiyalanuvchiga mo‘ljallangan ushbu yangi maskan — Qichqiriq mahallasida bolalarning bilim olishi, kamol topishi va kelajakka dadil qadam qo‘yishi uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatdir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10