#Ish_reja_ijrosi
🤝 Mahalladagi muammolar yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi raisi O. Tursunov “Boyqishloq” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi D. Tursunov bilan uchrashdi.
💬 Uchrashuv davomida mahallada mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
🔎 Shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish va mahallada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Uchrashuv yakunida mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish va aholi manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube