FUQAROLAR MUROJAATI TINGLANIB, IJOBIY YECHIM TOPDI
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyat mudiri R.Nodirov, tuman
Kengashi deputati D.Sodiqova hamda Kengash huzuridagi yoshlar maslahat guruhi
a’zosi M.To‘xtasinovlar bilan birgalikda fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va
muammolar diqqat bilan tinglanib, ularning har biri amaldagi qonunchilik
talablari asosida ko‘rib chiqilib, murojaatlar yuzasidan fuqarolarga zarur
huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.