#Deputatlik_faoliyati #haftalik_ish_reja_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun
YOSHLAR — YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING MUHIM KUCHI
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan “2-Hamkor” saylov okrugi deputati Abdullayeva Kimyo Adilovna tomonidan Uchtepa tumanida yangi tashkil etilgan Fan va texnologiyalar universitetida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🎓 Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda “Yangi O‘zbekistonni rivojlantirishda yoshlarning o‘rni va mas’uliyati” mavzusiga alohida e’tibor qaratildi.
🕯 Suhbat davomida yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, ilm-fan va innovatsiyalarga intilishi, jamiyat hayotidagi faol ishtiroki hamda fuqarolik mas’uliyatini his qilishi muhimligi ta’kidlandi.
📚 Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyatiga ham urg'u berildi. Jumladan, ta’lim olish insonning konstitutsiyaviy huquqlaridan biri ekani, ta’lim sohasidagi huquq va imkoniyatlardan samarali foydalanish, yoshlarning bilim olishi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalanish muhimligi haqida fikrlar bildirildi. Mazkur Qonun 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son bilan qabul qilingan.
🌱 O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakili sifatida deputat yoshlar bilan muloqotda ekologik madaniyat, atrof-muhitga mas’uliyatli munosabat va “yashil” taraqqiyot tamoyillarini yosh avlod ongiga singdirish masalalariga ham alohida to‘xtaldi.
🤝 Deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — yoshlarni tinglash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, huquqiy bilimlarini oshirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishlariga ko‘maklashishdir.
🇺🇿 Zero, ta’limli, huquqiy bilimga ega, faol va mas’uliyatli yoshlar — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng muhim tayanchidir. Yangi O‘zbekiston — yangi bilim, yangi g‘oya va yuksak mas’uliyatli yoshlar bilan barpo etiladi!