📚 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Nasiba Abduroziqova Ma’rifat MFY hududida joylashgan 30-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
🎓 Tadbir davomida deputat o‘quvchilar, ustoz va murabbiylarni yangi o‘quv yili bilan tabriklab, barcha o‘quvchilarga bilim olishda muvaffaqiyat va omad tiladi.
🎁 Shuningdek, 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
✨ Bayramona tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, yangi o‘quv yili barcha o‘quvchilar uchun yangi bilim, yangi yutuq va ezgu maqsadlar yili bo‘lishi tilab qolindi.