O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-son qarori hududlarni kompleks rivojlantirish hamda aholi muammolarini samarali hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan.
📌 Qarorga muvofiq:
✅Deputatlar va senatorlarning mahallalardagi ishtiroki kuchaytiriladi;
✅Aholi muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi;
✅“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda hududlarni rivojlantirish va ijtimoiy masalalarni hal etish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yiladi;
✅Deputatlik nazorati samaradorligi hamda davlat organlarining mas’uliyati oshiriladi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube