35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
"Bog‘ishamol" mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi!
янв.21
Shahar elektr ta’minoti tizimida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishida tahlil qilindi!
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiya oldidan doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Sessiya oldidan doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishi
янв.21
11-sonli maktabning isitish tizimi — deputatlik nazoratida
янв.21
Ekologik osoyishtalik — deputatlik nazoratida
янв.21
"Manguzar" mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar tizimli davom ettirilmoqda
янв.21
Mahalliy kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi — samarali faoliyat garovi
янв.21
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #162_qonun #biriktirilgan_tashkilot #Kengash_raisi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati FHDYO bo‘limi faoliyati bilan tanishildi
#munosabat

STRATEGIK KORXONALAR XUSUSIYLASHTIRILISHIDA DAVLAT MANFAATLARI HIMOYA QILINADI

♻️Strategik ahamiyatga ega korxonalarni xususiylashtirish jarayonida davlatning vaqtinchalik maxsus ishtirok etish huquqini saqlab qolish amaliyoti joriy etilayotgani muhim qadam, deb hisoblayman.
♻️Bu mexanizm, avvalo, milliy xavfsizlik, iqtisodiy barqarorlik va aholi manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi. Xususiylashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — davlat aktivlarini samarali boshqarish, investitsiyalarni jalb etish va korxonalar faoliyatini yanada rivojlantirishdir.
♻️Shu bilan birga, strategik tarmoqlarda davlat manfaatlarini kafolatlaydigan maxsus huquqning mavjudligi xususiylashtirish jarayonida mas’uliyat va nazoratni kuchaytiradi.
♻️Deputat sifatida bu yangilikni ochiqlik, qonuniylik va xalq manfaatlari ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan muhim mexanizm sifatida baholayman.
♻️Xususiylashtirish — shunchaki mulk egasini o‘zgartirish emas, balki iqtisodiyotni rivojlantirish va jamiyat farovonligiga xizmat qilishi lozim bo‘lgan muhim jarayondir.

Oqila Muzaffarova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,