35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR
янв.21
#kunlik_ish_reja #deputat_faoliyati Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining hududlardagi faoliyati bilan tanishing!
янв.21
Ko‘p kvartirali uylar ta’miri: manzilli dastur ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
Xalq roziligi — islohotlar mezoni
янв.21
"Alpomish" mahallasida ichki yo‘llarni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi!
янв.21
"Tashabbusli budjet" g‘olib loyihalari nazoratda: "Pattakesar" mahallasida yangi mahalla binosi qurilishi joyida o‘rganildi!
янв.21
"Kattabog‘" mahallasida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi!
янв.21
"Kattabog‘" mahallasida O‘RQ-406-sonli Qonun ijrosi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi!
янв.21
Kattabog‘ mahallasida profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Tadbirkorlik rivoji — aholi farovonligi omili!
DEPUTAT TASHABBUSI: HAR BIR BOLA UCHUN TO‘SIQSIZ TA’LIM MUHITI

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati D. Rahmatullayeva tomonidan inklyuziv ta’lim tashkil etilgan umumta’lim maktablarida “To‘siqsiz muhit” yaratish bo‘yicha deputat so‘rovi kiritilmoqda.

Tashabbus doirasida Andijon shahridagi 16 ta maktabda mavjud sharoitlarni o‘rganish, panduslar va moslashtirilgan sanitariya xonalarini tashkil etish, maxsus mebel hamda zarur o‘quv va texnik jihozlar bilan ta’minlash masalalari ko‘tarilmoqda.

Shuningdek, aniqlangan ehtiyojlar bo‘yicha zarur mablag‘larni “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan ajratish masalasini shahar Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritish taklif etilmoqda.

Asosiy maqsad — inklyuziv ta’lim olayotgan bolalar uchun teng imkoniyat, xavfsiz va qulay ta’lim sharoitlarini yaratish.

Har bir bola ta’lim olishga haqli. Har bir maktab esa buning uchun zarur sharoitga ega bo‘lishi kerak.

Slide 1 of 2