Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati D. Qurbonova tashabbusi bilan Andijon pedagogika texnikumiga yangi qabul qilingan o‘quvchilar ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi — 2030 strategiyasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot maqsadlari, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ta’lim, kasb-hunar va bandlik yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish, zamonaviy kasblarni egallash hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishining muhim jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Yoshlar — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy kuchi!