O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyati Kengashiga biriktirilgan Izboskan tumanida Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyati Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Q. Qayumov ishtirokida aholi va tadbirkorlar uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar, imtiyozlar hamda kreditlash shartlari yuzasidan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
Targ‘ibot tadbirlarida viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari N. Yunusova, partiya xodimlari hamda tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh. Azizova ishtirok etdi.
Mahallalarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlardan foydalanish, aholi bandligini ta’minlash va yangi biznes loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, mehmonxona biznesi, turizm, kooperatsiya va boshqa yo‘nalishlarda yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar yetkazildi.