👩🦰 “Yangilik” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 9-Rovatak saylov okrugi deputati B.Baxovadinov tomonidan “Yangilik” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi.
👩💼 O‘rganish jarayonida mahalladagi xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash, ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
👩💼 “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan yordamlar holatiga alohida e’tibor qaratildi. Ehtiyojmand ayollarni aniqlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar o‘rganildi.
👩💼 “Ayollar daftari” asosida ajratilayotgan moddiy va amaliy yordamlarning manzilliligi va samaradorligi, xotin-qizlarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ularni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!