35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Mahalliy kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi — samarali faoliyat garovi
янв.21
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #162_qonun #biriktirilgan_tashkilot #Kengash_raisi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati FHDYO bo‘limi faoliyati bilan tanishildi
янв.21
"Manguzar" mahallasida bandlikni oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi!
янв.21
"Baynalminal" mahallasida deputat qabuli o‘tkazildi
янв.21
"Baynalminal" mahallasida bandlikni oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi!
янв.21
Inson qadri uchun: “Kattabog‘” mahallasida ehtiyojmand va kambag‘al toifasidagi xonadonlar holati o‘rganildi!
янв.21
Moddiy-madaniy meros obyektlari holati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati: Mutolaa madaniyati va axborot xizmatlari deputatlik nazoratida
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#162_ta_qonun
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
📌 Sherobod tuman davlat arxivida o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan Sherobod tuman davlat arxivida O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘RQ-252-son Qonuni talablari ijrosi yuzasidan savolnoma asosida o‘rganish o‘tkazildi.

📝 O‘rganish davomida savolnomada belgilangan 11 ta masala bo‘yicha arxiv ishining tashkil etilishi, hujjatlarni jamlash, saqlash va hisobga olish holati ko‘rib chiqildi.
Xususan, savolnoma asosida:
🔹 arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan mas’ul xodimlarning tanishtirilganligi;
🔹 arxivga oid asosiy tushunchalarning amaliyotda to‘g‘ri qo‘llanilishi;
🔹 arxiv hujjatlarini belgilangan tartibda topshirish holati;
🔹 arxiv hujjatlarining saqlanishi uchun zarur shart-sharoitlarning yaratilganligi;
🔹 hujjatlarni Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritish va undan chiqarish tartibiga rioya etilishi;
🔹 arxiv xonasi, zarur jihozlar, muhofaza va yong‘inga qarshi vositalarning mavjudligi;
🔹 idoraviy arxivning qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilganligi;
🔹 arxiv hujjatlarini jamlash ishlari;
🔹 shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlarni jamlash va saqlash holati;
🔹 hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasining o‘tkazilishi;
🔹 arxiv hujjatlarini davlat hisobiga olish bo‘yicha tegishli hisob hujjatlarining yuritilishi
savolnomada belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi.

📋 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar tahlil qilinib, arxiv ishini qonunchilik talablari asosida yanada takomillashtirish, hujjatlarni saqlash va hisobini yuritish borasida tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Savolnoma asosidagi bunday o‘rganishlar arxiv ishi sohasida qonunchilik talablarining amaldagi ijrosini baholash hamda mavjud masalalarni aniqlashga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4