#deputatlik_faoliyati #Kotibiyat_hududlarda #Open_byudjet
Xalq manfaatlari — deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishi
🇺🇿 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Durbek Axmedov hamda Dildora Kamalovalar tomonidan “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yil 2-mavsumi doirasida ovoz berish natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilmagan Uchtepa tumanidagi 78-sonli umumta’lim maktabining holati joyiga chiqib o‘rganildi.
🗂 Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashabbusli byudjet jarayonlarini takomillashtirish doirasida xalq vakillari va saylovchilar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 29-avgustdagi 264-sonli qarori doirasida amalga oshirildi.
⚙️ 78-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan o‘rganish davomida ta’lim muassasasining mavjud sharoitlari, moddiy-texnik holati, aniqlangan muammolar hamda ularni bartaraf etish imkoniyatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.
💼 O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, Kengashdagi Ekspert guruhi a’zolari hamda maktab rahbariyati ishtirok etdi.
🧠 Bunday o‘rganishlar deputatlik faoliyatining faqatgina muammolarni aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, ularni tegishli tashkilotlar oldiga qo‘yish, yechim izlash va amalga oshirilishini nazorat qilishga qaratilganini ko‘rsatadi.
📇 Xalq vakillari tomonidan joylardagi real vaziyatni bevosita o‘rganish, saylovchilarning fikr va takliflarini tinglash hamda aniqlangan muammolarni tizimli ravishda hal etishga ko‘maklashish — zamonaviy parlament va mahalliy Kengashlar faoliyatining muhim yo‘nalishidir.
📈 Eng muhimi, “Tashabbusli byudjet” jarayonlarida g‘olib bo‘lmagan loyiha va tashabbuslar ham e’tibordan chetda qolmasligi, aholining murojaat va takliflari xalq vakillari tomonidan o‘rganilishi fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini yanada kuchaytiradi.