#biriktirilgan_tashkilot #deputat_daftari
🔹 Fuqaroga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish masalasi deputatlik nazoratiga olindi
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyat mudiri Shuxratjon Rahimov hamda tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonova tomonidan tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi mas’ullari bilan hamkorlikda Xo‘ja Ahmad Vali mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
📍 O‘rganish davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaroning uy-joyini ta’mirlash yo‘nalishida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar holati ko‘rib chiqildi. Aniqlanishicha, fuqaro ijtimoiy reyestrga kiritilgan bo‘lib, uning yashash sharoitini yaxshilash maqsadida uy-joyida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
🎓 Shuningdek, fuqaroning farzandi Andijon davlat universitetida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgani ham o‘rganilib, kontrakt to‘lovini qoplashda amaliy yordam ko‘rsatish masalasi ham e’tibordan chetda qolmadi.
➡️ Shu munosabat bilan fuqaroning farzandiga “Yoshlar daftari” orqali amaliy ko‘mak ko‘rsatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish yuzasidan mahalladagi yoshlar yetakchisiga tegishli tavsiyalar berildi.
📋 Mazkur masala deputatning “Ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etilib, uy-joyni ta’mirlash hamda farzandining ta’lim xarajatlari bo‘yicha ko‘mak masalalari deputatlik nazoratiga olindi.
⌛️ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
✅ Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz