Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Ilhom Abdurashidovich Mamatqulov “Oqtepa” MFYda ko‘cha boshi bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar, fuqarolarni qiynayotgan masalalar hamda hududni obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Muloqot davomida ko‘cha boshilari tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan tinglanib, ularni o‘rganish hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish masalalariga e’tibor qaratildi.
Deputat I. Mamatqulov tomonidan mahalla hududidagi muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, aholi bilan bevosita muloqot qilish va fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.