Xususan, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 6-“Karsagan” saylov okrugi deputati Sattarov To‘lqin Turg‘unovich tashabbusi va sa’y-harakatlari bilan, tegishli soha tashkilotlari hamkorligida “Karsagan” mahallasi ko‘chalarida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Aholi hamda haydovchilarga qulaylik yaratish, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ko‘chalarning nosoz, o‘nqir-cho‘nqir va chuqur bo‘lib qolgan qismlariga joyida asfalt yotqizish hamda ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Deputat T.Sattarov bajarilayotgan ta’mirlash jarayonlarini shaxsan kuzatib, ishlarning sifatli va tartibli olib borilishini nazoratga olgan.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram