35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
"Kattabog‘" mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
янв.21
“Guliston” mahallasida deputatlik nazorati
янв.21
“Alisher Navoiy” mahallasida deputatlik nazorati
янв.21
"Alpomish" mahallasida ko‘p qavatli uylar ta’miri va infratuzilma holati o‘rganildi!
янв.21
“Alpomish” mahallasida deputatlik nazorati
янв.21
Termiz shahridagi maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq sadolari jarangladi
янв.21
Yangi o‘quv yili shukuhi: Termiz shahridagi 1-sonli maktabda “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali o‘tkazildi
янв.21
Bugun, 2 sentabr – O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi kuni
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 24-29-avgust kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida: Termiz shahrida sog‘liqni saqlashda yangi bosqich va raqamli tibbiyot istiqbollari
DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 2-Xo‘jaqiya saylov okrugi deputati Jovliyev Ravshan hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari o‘rganildi.O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Yarmatov hamda mahalla raisi ishtirokida hududdagi piyodalar yo‘lakchasi qurilishi va ko‘chalarni asfaltlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

Ayniqsa, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish imkoniyatini yaratish maqsadida piyodalar yo‘lakchasining chetki qismiga ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi fuqarolar uchun mo‘ljallangan maxsus yo‘naltiruvchi qoplamalar (trotuar chetlariga) o‘rnatilayotgani e’tiborga olindi.

O‘rganish davomida bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan talablarga muvofiqligi hamda fuqarolar uchun qulaylik yaratish darajasiga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholining xavfsiz va erkin harakatlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2