Navbatdagi sessiyaga kiritilgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati masalasi yuzasidan sessiyaoldi o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
🏫 Shu doirada xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Sulaymonova tomonidan hududdagi 23-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida maktabning isitish tizimi, yoqilg‘i zaxirasi va qish mavsumiga tayyorgarligi bilan bog‘liq holatlar ko‘zdan kechirildi.
📌 Aniqlangan holatlar navbatdagi sessiyada muhokama qilinadigan masala yuzasidan tahlil qilinib, zarur choralar bo‘yicha takliflar shakllantiriladi.v