Kunlik topshiriqlarni 7 talik yoʻnalish boʻyicha koʻchama koʻcha yurib oʻrganish davom etmoqda.
Joriy yilning 27- avgust kuni, 22-Boʻston okrugida saylangan deputat X.Sulaymonov tomonidan “Boʻston” MFY “Birilik ” koʻchasida yashovchi fuqaro Bugiboyev Quvondiqning murojaatini oʻrgandi.
Fuqaro Q.Bugiboyev mahalladagi ichimlik suvining kelishida nosozliklar borligini oʻz murojaatida bayon qilgan.
🔥Oʻrganishda jarayonida fuqaroning muammosini xal etish maqsadida tuman suv taʼminoti boʻlimi xodimlari bilan telefon orqali bogʻlanilib taʼmirlash ishlari olib borilishi kerakligi rejalashtirildi.