Yig‘ilishda deputatlik guruhi a’zolari, Kotibiyati mudiri, hokimligi mas’ullari hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish kun tartibida tumanimizda 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida qurilish, obyektlarni rekonstruksiya qilish hamda infratuzilmani rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Amudaryo tumani hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
Yig`ilishda aholi punktlarida yo‘l-transport, ichimlik suvi va elektr ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash;
Bajarilgan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati va o‘z vaqtida topshirilishi nazoratini kuchaytirish, yoshlar va mahalla infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan loyihalarning ijro holati atroflicha tahlil qilindi
Eshitilgan hisobot va bildirilgan taklif-mulohazalar yuzasidan O‘zLiDeP deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi