35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Korruptsiyaga qarshi kurashishda raqamlashtirishning o‘zi emas, uning amalda ishlashi muhim
янв.21
Surxondaryo viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"Madad" NNT bilan hamkorlikda fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Manzilli dastur ijrosi — deputat nazoratida
янв.21
Deputat va fuqarolar: muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Mahallada hududni rivojlantirish va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: “Bog‘ishamol” mahallasidagi ishlar tahlil qilindi
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: 11-sonli maktabdagi holat nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Mahalladagi ishlar deputatlar nazoratida
QICHQIRIQ VA GULSAROY MAHALLALARIDA MANZILLI O‘RGANISH VA DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI

 QICHQIRIQ VA GULSAROY MAHALLALARIDA MANZILLI O‘RGANISH VA DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, senator Gulnora Marufova boshchiligida, Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tumandagi “Qichqiriq” va “Gulsaroy” mahallalarida manzilli o‘rganish hamda jamoatchilik nazorati tadbirlari tashkil etildi.

📝 O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Oliy Majlis Senati hamda Hukumat qarorlari ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritalari”da belgilangan vazifalarning bajarilishi, shuningdek, 2026-yil — “Mahallalarni rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarning ijrosi ko‘rib chiqildi.

🌳 Shuningdek, “Obodonlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya-tozalik ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

🤝 O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi, deputatlar, faollar va aholi vakillari bilan uchrashilib, hududdagi mavjud masalalar, fuqarolarni qiynayotgan muammolar hamda ularning amaliy yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

📍 “Qichqiriq” mahallasida aholi turmush sharoitini yaxshilash, zamonaviy va qulay shahar muhitini yaratish maqsadida “Qichqiriq” mahallasida “Obod mahalla” davlat dasturi hamda infratuzilmani rivojlantirish loyihalari doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

🔹 Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari — elektr, ichimlik suvi, gaz, oqova suv va boshqa muhandislik tarmoqlarini yangilash ishlari olib borilmoqda.

🔹 Yo‘l va piyodalar infratuzilmasi — mahalla ichki yo‘llari hamda piyodalar yo‘laklarini ta’mirlash, ko‘p qavatli uylar va xonadonlarning tashqi ko‘rinishini tartibga keltirish ishlari amalga oshirilmoqda.

🔹 Aholi uchun dam olish maskanlari — bolalar uchun zamonaviy maydonchalar, mahalla tadbirlari va aholi bilan muloqotlar o‘tkazish uchun amfiteatr barpo etilmoqda.

🔹 Ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish — yashil hududlarni kengaytirish, zamonaviy sug‘orish tizimlarini tashkil etish, ko‘p qavatli uylar va xonadonlar atrofini obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

🔺 Shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan kelib chiqib, hududlarda yoshlar bandligi, ijtimoiy himoya, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ichki yo‘llar va tungi yoritish, kommunal xizmatlar, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ko‘p qavatli uylar holati, jamoat transporti, aholi bandligi, obodonlashtirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bilan bog‘liq masalalarga ham e’tibor qaratildi.

📍Manzilli o‘rganishlar va deputatlik nazorati tadbirlari hududlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan holda davom ettiriladi.


👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 12