35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Mahalliy kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi — samarali faoliyat garovi
янв.21
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #162_qonun #biriktirilgan_tashkilot #Kengash_raisi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati FHDYO bo‘limi faoliyati bilan tanishildi
янв.21
"Manguzar" mahallasida bandlikni oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi!
янв.21
"Baynalminal" mahallasida deputat qabuli o‘tkazildi
янв.21
"Baynalminal" mahallasida bandlikni oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi!
янв.21
Inson qadri uchun: “Kattabog‘” mahallasida ehtiyojmand va kambag‘al toifasidagi xonadonlar holati o‘rganildi!
янв.21
Moddiy-madaniy meros obyektlari holati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati: Mutolaa madaniyati va axborot xizmatlari deputatlik nazoratida
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATI SIFATI VA TIRBANDLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 25-“Oydin” saylov okrugidan saylangan deputat Ismailov Qamariddin Abduraximovich tomonidan saylov okrugi hududida jamoat transporti xizmatlarining sifati va transport qatnovi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.O‘rganish davomida hududdagi jamoat transporti qatnovlarining holati, yo‘lovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda amaldagi yo‘l haqi tariflarining qo‘llanilishi ko‘rib chiqildi. Shuningdek,yo‘nalishli transport vositalaridan foydalanayotgan fuqarolar bilan suhbatlashilib, transport xizmatlarining sifati, yo‘l haqi miqdori va mavjud muammolar yuzasidan ularning fikrlari eshitildi.Muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan hududda jamoat transporti xizmatlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgani, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlardan qoniqish hosil qilinayotgani bildirildi.O‘rganish natijalari asosida jamoat transporti xizmatlarini yanada takomillashtirish, yo‘lovchilar uchun qulay shart-sharoitlarni yaxshilash hamda transport qatnovlari bilan bog‘liq tirbandliklarning oldini olish bo‘yicha tegishli takliflar shakllantiriladi.Fuqarolar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar umumlashtirilib, aniqlangan masalalarni tegishli tartibda hal etish hamda bu boradagi ishlarni nazoratga olish belgilandi.  

Slide 1 of 5