35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Korruptsiyaga qarshi kurashishda raqamlashtirishning o‘zi emas, uning amalda ishlashi muhim
янв.21
Surxondaryo viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"Madad" NNT bilan hamkorlikda fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Manzilli dastur ijrosi — deputat nazoratida
янв.21
Deputat va fuqarolar: muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Mahallada hududni rivojlantirish va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: “Bog‘ishamol” mahallasidagi ishlar tahlil qilindi
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: 11-sonli maktabdagi holat nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Mahalladagi ishlar deputatlar nazoratida
24 tavsiya asosida amaliy ishlar izchil davom etmoqda

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dildoraxon Rahmatullayeva tomonidan o‘z saylov okrugidagi “Sog‘lom avlod” MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida deputat mahalla raisi Ranoxon Ortiqova bilan birgalikda mahalla hududida joylashgan basketbol sport maydonchasini ko‘zdan kechirdi. Mahalla raisi tomonidan ushbu maydonchani mini futbol maydonchasiga moslashtirish va qayta ta'mirlash ishlarini amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish taklifi bildirildi.

Mazkur tashabbus hududda istiqomat qilayotgan 800 nafardan ortiq 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va yoshlar uchun sport bilan muntazam shug‘ullanishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qilishi qayd etildi.

Deputat tomonidan ushbu masalani tegishli tashkilotlarda ko‘rib chiqish maqsadida deputat so‘rovi kiritish orqali amaliy choralar ko‘rilishi yuzasidan tushuntirish berildi.

Slide 1 of 3