35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Shodlik” mahallasida deputatlik nazorati: “Mahalla yettiligi” va 24 mezon asosida o‘rganish
янв.21
Budjet mablag‘laridan samarali foydalanish masalasi tahlil qilindi
янв.21
“Temiryo‘lchi” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputat va mahalla hamkorligi: hududdagi muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat va mahalla hamkorligi: hududdagi ishlar tahlil qilindi
янв.21
Hurmatli tadbirkorlar! Sizlarni 20 avgust – Tadbirkorlar kuni munosabati bilan samimiy qutlaymiz.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati X.Jurayev tomonidan Kengashning Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati doirasida tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat, suv xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi, yer munosabatlari hamda hayvonot va o‘simlik dunyosi sohalariga oid qator qonunlar biriktirilgan:
янв.21
“Guliston” mahallasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Nurli kelajak mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Alisher Navoiy” mahallasida imtiyozli kreditlar samaradorligi o‘rganildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining navbatdagi 5-son yig‘ilishi 22-avgust, soat 11:00da bo‘lib o‘tadi.

#korrupsiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining navbatdagi 5-son yig‘ilishi 22-avgust, soat 11:00da bo‘lib o‘tadi.

🏛 Toshkent shahar Kengashining mazkur sessiyasi kun tartibiga kiritilgan;

🔺 Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi va uning tizimida raqamlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, korrupsiya holatlarining oldini olish, shuningdek, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir 2026-yil 6 oyida amalga oshirilgan ishlar va 2026-yil yakuniga qadar qilinadigan ustuvor vazifalar to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida 2026-yil 6 oyida amalga oshirilayotgan ishlar holati hamda 2026-yil yakuniga qadar rejalashtirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida;

🔺 “Toshkent invest kompaniya” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining korrupsiya holatlarining oldini olish, uning oqibatlarini, shuningdek, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir 2026-yil 6 oyida amalga oshirgan ishlari va yil yakuniga qadar qilinadigan chora-tadbirlar to‘g‘risida;

🔺 “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” unitar korxonasida ochiqlikni ta’minlash, korrupsiya holatlarining oldini olish, uning oqibatlarini, shuningdek, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir 2026-yil 6 oyida amalga oshirilgan ishlar va 2026-yil yakuniga qadar qilinadigan chora-tadbirlar to‘g‘risida;

🔺 Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan korrupsiya holatlarining oldini olish, shuningdek, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir 2026-yil 6 oyida amalga oshirilgan ishlar va 2026-yil yakuniga qadar qilinadigan chora-tadbirlar to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi va uning tizimida raqamlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, korrupsiya holatlarining oldini olish, shuningdek, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir 2026-yil 6 oyida amalga oshirgan ishlari va 2026-yil yakuniga qadar qilinadigan chora-tadbirlar to‘g‘risida;

🔺 O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy Kengashining 2026-yil 30-iyuldagi 36-sonli bayonnomasi ijrosi hamda Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining 2026-yil 2-yarim yillik harakatlar rejasi va boshqa masalalar

bo‘yicha tegishli bosh boshqarma va tashkilot rahbarlarining hisobotlarini ko‘rib chiqilishi rejalashtirilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1