Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat, OʻzXDP tuman Kengashi raisi va partiya guruhi rahbari Artikov Davron Omarbayevich “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№362-II, 05.04.2002) ijrosi doirasida “Toza hudud” DUK Taxiatosh tumani filiali rahbari N.Shishenbaev bilan uchrashdi.
🗑 Suhbat davomida tumanda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida va belgilangan grafik asosida olib chiqish, aholiga qulay sharoit yaratish hamda hududlarning sanitariya holatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
📋 Shuningdek, chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha amaldagi grafik deputatga taqdim etilib, uning ijrosi va aholiga xizmat ko‘rsatish samaradorligi yuzasidan fikr almashildi.
🔍 Muloqot davomida tizimda mavjud ayrim kamchilik va muammolar ham muhokama qilinib, ularni bartaraf etish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va xizmat sifatini yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.