“15-Hamza” saylov okrugi deputati Imomnazarov Komiljon Qosimovich tomonidan o‘z saylov okrugidagi “Begobod” mahallasi hududida joylashgan 48-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida maktab hojatxonasining yaroqsiz ahvolda ekani aniqlandi. Shu munosabat bilan hojatxonaning texnik va sanitariya holatini o‘rganish hamda uni sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq ta’mirlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish masalasi ko‘tarildi.
Shuningdek, maktab hojatxonasini ta’mirlash ishlarini amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, zarur mablag‘ manbalarini belgilash hamda ta’mirlash ishlarining muddatlarini aniqlash bo‘yicha tegishli mansabdor shaxslarga deputat so‘rovi yuborildi.
Deputat so‘roviga beriladigan javob va ko‘riladigan amaliy choralar deputat nazoratiga olinadi.