35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Guliston” mahallasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Nurli kelajak mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Alisher Navoiy” mahallasida imtiyozli kreditlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Deputat va mahalla hamkorligi: hududdagi ishlar tahlil qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati J.Xamroqulov tomonidan Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati doirasida tadbirkorlik va budjet, transport, investitsiyalar, valyuta va turizm hamda mulk va raqobat sohalariga oid qator qonunlar biriktirilgan:
янв.21
23-sonli maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
“Abdulla Avloniy” mahallasida deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda
янв.21
Ta’lim muassasalarida zamonaviy sharoitlar — deputatlik nazoratida
янв.21
Shaffoflik va ochiqlik — korrupsiyaga qarshi kurashning muhim mezoni
янв.21
“Shifokor” mahallasida deputatlik nazorati: “Mahalla yettiligi” va 24 mezon asosida o‘rganish
KANALIZATSIYA TARMOG‘I LOYIHASI: 28 MILLIARD SO‘MDAN ORTIQ QIYMATDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

Furqat tumanida ishlab chiqarish korxonalari, ko‘p qavatli uylar va yangi yirik investitsiya loyihalarini zarur muhandislik infratuzilmasi bilan ta’minlash maqsadida kanalizatsiya tarmoqlarini ta’mirlash va oqova suv tizimini yaxshilashga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur yo‘nalishdagi loyihalarning amalga oshirilishi bilan tanishish maqsadida xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputati, Kotibiyat mudiri Iftixorjon Jo‘raev Abdumuxtorovich hamda “Yuksalish” umummilliy harakati Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari Elchieva Nafisaxon Tohirovna ishtirokida ishchi o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida Furqat tumanida mavjud ishlab chiqarish korxonalari, ko‘p qavatli uy-joylar va yirik investorlarni jalb qilish uchun kanalizatsiya tarmog‘ini ta’mirlash, ya’ni oqova suv tizimi bilan ta’minlashga qaratilgan loyiha holati tahlil qilindi.

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 28 milliard 30 million so‘mni tashkil etadi. Loyiha doirasida belgilangan ishlarni amalga oshirish orqali hududda oqova suvlarni qabul qilish va chiqarish tizimini yaxshilash, muhandislik infratuzilmasini zamonaviy talablarga moslashtirish ko‘zda tutilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda loyiha doirasida 581,3 million so‘mlik ishlar bajarilgan bo‘lib, bu umumiy qiymatning 2 foizini tashkil etadi. Shu sababli loyihaning keyingi bosqichlarini tizimli tashkil etish, ishlarni belgilangan grafik asosida jadallashtirish va sifat talablariga qat’iy rioya qilish muhim vazifa sifatida belgilab olindi.

Loyihada buyurtmachi sifatida “OBI HAYOT QURILISH INJINIRING” MChJ, loyiha tashkiloti sifatida “FARG‘ONAUMUMTADBIRQURLOYIHA” MChJ ko‘rsatilgan.

O‘rganish davomida mas’ullarga loyihaning keyingi bosqichlarida ishlarni sifatli tashkil etish, mavjud texnik va tashkiliy masalalarni o‘z vaqtida hal qilish, qurilish jarayonini asossiz kechiktirmaslik hamda yakunlangan ob’ektning kelgusida barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Zero, zamonaviy kanalizatsiya va oqova suv tizimi — nafaqat obodonlik, balki sanitariya, ekologik xavfsizlik, aholi salomatligi va yangi investitsiyalarni jalb qilish uchun zarur bo‘lgan asosiy infratuzilma hisoblanadi.

Mazkur loyihaning amalga oshirilishi Kengash va jamoatchilik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

Slide 1 of 1