Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri A. Baxromov, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 4-Afg‘on saylov okrugidan saylangan deputat L. O‘tkirov hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirok etdi.
🔹 Yig‘ilishda Yoshlar maslahat guruhining asosiy maqsad va vazifalari atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, hududdagi yoshlar muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, yoshlar manfaatlaridan kelib chiqib qaror loyihalari va hududiy dasturlarni tayyorlashdagi ishtirok masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, guruh tomonidan:
✅ yoshlarga oid davlat siyosatining hududdagi ijrosini o‘rganish;
✅ yoshlar muammolarini tahlil qilish va tegishli takliflar ishlab chiqish;
✅ qabul qilingan qonunlar, davlat dasturlari va “yo‘l xaritalari”dagi yoshlarga oid vazifalar ijrosini tahlil qilish;
✅ yoshlar masalalariga oid chora-tadbirlar yuzasidan jamoatchilik nazoratida ishtirok etish;
✅ tashabbuskor va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
✅ mahalliy Kengashning doimiy komissiyalari bilan hamkorlikda o‘rganishlar olib borish va qaror loyihalari muhokamalarida ishtirok etish;
✅ yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, turli ko‘rik-tanlovlar, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini tashkil etishga ko‘maklashish kabi muhim vazifalar belgilab olindi.
💬 Yig‘ilish davomida Yoshlar maslahat guruhi rahbari va kotibining faoliyatni samarali tashkil etish, yig‘ilishlarni o‘tkazish, kun tartibini shakllantirish, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda guruh a’zolari faoliyatini muvofiqlashtirish borasidagi vazifalari ham ko‘rib chiqildi.
🔰 Yoshlar maslahat guruhi yoshlarning ovozini mahalliy Kengash faoliyatiga yetkazish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va hudud rivojiga daxldor qarorlar qabul qilish jarayonida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.