35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

24 tavsiya asosida amaliy ishlar davom etmoqda

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiya asosida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov "Qoratut" MFYda bo‘lib, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash borasidagi faoliyat bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida mahalla faoliyatida korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Prezidentimiz raisligida 2026-yil 16-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda "mahalla yettiligi" faoliyatini yangicha tashkil etish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 1