35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 24- sessiyasi yakunlandi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 24-sessiyasi davom etmoqda
янв.21
Mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi
янв.21
Yettinchi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi
янв.21
Oltinchi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi
янв.21
Beshinchi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi
янв.21
To‘rtinchi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi
янв.21
Uchinchi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 24-sessiyasida budjet va infratuzilma masalalari muhokama qilinmoqda
янв.21
Sessiya kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi
Investitsiya loyihasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq tumanda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat E.Soliyevga biriktirilgan kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonidan o‘rganildi.

🔺O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qaroriga asosan tumanda “Toshkent-Chirchiq-Chimyon” hamda “Bektemir-G‘azalkent-Chorbog‘” yo‘nalishlaridagi avtomobil yo‘llarini Chirchiq daryosi ustidan quriladigan ko‘prik orqali bir-biri bilan bog‘lash bo‘yicha vazifalar belgilangan.

🔺Loyihani amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan ko‘prik va avtomobil yo‘lini qurish ishlari hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK tomonidan temir yo‘l izlarini loyiha bo‘yicha joylashtirish ishlari ko‘zdan kechirilib, qurilish-montaj ishlarining sifati, texnik talablarga rioya etilishi va ish jarayoniga jalb etilgan texnika hamda mutaxassislar faoliyati bilan tanishildi.

🔺O‘rganish davomida “Chirchiq” daryosi ustidan quriladigan ko‘prikning yakuniy bosqichlari amalga oshirilayotganligi, “Barraj” bekati va “G‘azalkent” to‘xtash punkti oralig‘idagi temir yo‘l izlarini loyihada belgilangan joyga ko‘chirish uchun yerni tayyorlash ishlari olib borilayotganligi, ko‘prikka olib boruvchi avtomobil yo‘li osti va temir yo‘l osti tonnelining qurilish ishlari bajarilayotganligi aniqlandi.

🔺Mazkur yo‘l va ko‘prik qurib bitkazilgach, shahar markazi orqali o‘tuvchi transport vositalari oqimi sezilarli darajada kamayishi, avtomobil harakati yanada erkinlashishi, tirbandliklar qisqarishi hamda haydovchilar va piyodalar uchun harakat xavfsizligi ta’minlanishi ko‘zda tutilgan. Qurilish ishlarining keyingi bosqichlari ham muntazam ravishda deputatlik nazoratida bo‘lishini qayd etildi.

Slide 1 of 9