35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Budjet intizomi va nazorat: Termiz shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik faoliyati tahlil qilindi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida: “Majnuntol” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — deputatlik nazoratida
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida
янв.21
Imtiyozli kreditlar samaradorligi — deputatlik nazoratida
янв.21
Qonun ijrosi va mahalla faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
Navbatdagi sessiya oldidan muhim masalalar muhokama qilindi
Hududdagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan saylov okrugiga qarashli hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallalarda hududlarni sanitariya jihatdan toza saqlash, ichki ko‘chalarni tartibga keltirish, ariqlar va yo‘l bo‘ylarini obodonlashtirish, yashil hududlarni kengaytirish hamda aholi uchun qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hududlarda olib borilayotgan tozalash va obodonlashtirish tadbirlarining samaradorligi, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Xususan, jamoat joylari, ichki ko‘chalar va aholi gavjum hududlarda tartib-intizomni yanada yaxshilash, obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududlarning ozodaligi va obodonligini ta’minlash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazorati doirasida hududlarni obod va farovon qilish, aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4