35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Budjet intizomi va nazorat: Termiz shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik faoliyati tahlil qilindi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida: “Majnuntol” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — deputatlik nazoratida
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida
янв.21
Imtiyozli kreditlar samaradorligi — deputatlik nazoratida
янв.21
Qonun ijrosi va mahalla faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
Navbatdagi sessiya oldidan muhim masalalar muhokama qilindi
#24ta tavsiya #nazorat

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining tavsiyasiga koʻra, aholi turmush sifatini oshirish va hududlarni obodonlashtirishga qaratilgan 24 ta ustuvor yoʻnalish boʻyicha tizimli nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Ushbu yoʻnalishlardan biri — shahar hiyobonlari hamda istirohat bogʻlarining bugungi holati, ulardagi tozalik darajasi va fuqarolarning mazmunli hordiq chiqarishlari uchun yaratilgan sharoitlarni baholashdan iborat.

Deputat Abdujabbor Djurayev boshchiligida "Bolajon" hiyobonida navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazildi. Monitorig davomida quyidagilarga alohida urgʻu berildi:
🧹Hiyobon hududining ozodaligi va chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi.
🌳Daraxt va gulzorlarning parvarishi, sugʻorish tizimlarining sozligi.
🎠Bolalar attraktsionlari va oʻyingohlarning xavfsizlik talablariga javob berishi.
💡Tungi yoritish tizimlari, oʻrindiqlar va aholi dam olishi uchun yaratilgan boshqa maishiy sharoitlar.
"Hiyobonlarimiz nafaqat shahar koʻrk, balki oilalar va ayniqsa, bolajonlarimiz xavfsiz hamda mazmunli hordiq chiqaradigan asosiy maskandir. Bu yerda har bir fuqaro oʻzini qulay va xotirjam his etishi lozim."

Oʻrganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda hiyobon faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha masʼul mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi va deputatning muammolarni qayd qilish jurnaliga kiritildi hamda ijro nazoratiga olindi.

Slide 1 of 5