35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Budjet intizomi va nazorat: Termiz shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik faoliyati tahlil qilindi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida: “Majnuntol” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — deputatlik nazoratida
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida
янв.21
Imtiyozli kreditlar samaradorligi — deputatlik nazoratida
янв.21
Qonun ijrosi va mahalla faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
Navbatdagi sessiya oldidan muhim masalalar muhokama qilindi
#_162_ta_qonun #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala “Turmushobod” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
#_162_ta_qonun
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
“Turmushobod” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi


Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Nasritdinov tomonidan “21-Dehqonobod” saylov okrugidan saylangan deputat S. Saidovning saylov hududidagi “Turmushobod” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida “deputatlarning 24 ta eng muhim yo‘nalishlari” doirasida mahallada aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini aniqlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Ayniqsa, Ijtimoiy xodim faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Ijtimoiy xodim tomonidan mahalladagi ijtimoiy ko‘makka ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan va turli ijtimoiy muammolarga duch kelayotgan fuqarolarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda tegishli ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy holatini individual o‘rganish, mavjud muammolarni manzilli hal etish, zarur hollarda ularni tegishli tashkilot va mutasaddi idoralarga yo‘naltirish, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam va xizmatlarning samaradorligini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-82-sonli Farmonida belgilangan vazifalar bilan hamohang bo‘lib, unda aholiga sifatli va manzilli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Bundan tashqari, “mahalla yettiligi” a’zolari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlashda tizimli yondashuvni yo‘lga qo‘yish hamda mahalladagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan mahallalarda “mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rganish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni amaliy hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
Slide 1 of 3