35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Budjet intizomi va nazorat: Termiz shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik faoliyati tahlil qilindi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida: “Majnuntol” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — deputatlik nazoratida
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida
янв.21
Imtiyozli kreditlar samaradorligi — deputatlik nazoratida
янв.21
Qonun ijrosi va mahalla faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
Navbatdagi sessiya oldidan muhim masalalar muhokama qilindi
Deputat 307-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonini o‘rgandi

Deputat 307-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonini o‘rgandi

📌Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Mirjamol Mirsaidov Istiqlol mahallasi hududida joylashgan 307-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining 2026–2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini o‘rgandi.

❗️Tashrif davomida maktab binosi va hududida amalga oshirilayotgan ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlari, o‘quv xonalarining holati, sport-sog‘lomlashtirish maydonchasi, tasviriy san’at va boshqa to‘garak xonalari, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

✅Shuningdek, maktab rahbariyati bilan suhbat o‘tkazilib, yangi o‘quv yilini uyushqoqlik bilan boshlash, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 1