35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Budjet intizomi va nazorat: Termiz shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik faoliyati tahlil qilindi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida: “Majnuntol” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — deputatlik nazoratida
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida
янв.21
Imtiyozli kreditlar samaradorligi — deputatlik nazoratida
янв.21
Qonun ijrosi va mahalla faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
Navbatdagi sessiya oldidan muhim masalalar muhokama qilindi
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonidan “Bog‘chaovul” mahallasiga biriktirilgan xotin-qizlar faoli L.Tursunboyevaning xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va manzilli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlari o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlar faolining faoliyati, jumladan, ehtiyojmand xotin-qizlarni aniqlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda mavjud muammolarini bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

🔺Shuningdek, mahallada “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash holati ham ko‘rib chiqildi. Ayni vaqtda mahalladan 21 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilgan bo‘lib, ularning har biri bilan individual ish olib borish, mavjud muammolarini o‘rganish va tegishli ko‘mak ko‘rsatish choralari belgilangan. Xususan, ro‘yxatdagi xotin-qizlarning 11 nafari 1-toifa, 2 nafari 4-toifa, 4 nafari 5-toifa bo‘yicha qayd etilgan. Ularning ijtimoiy-iqtisodiy holati, ehtiyojlari va murojaatlari asosida tegishli choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

🔺O‘rganish yakunida xotin-qizlar faoliga “Ayollar daftari”dagi har bir fuqaro bilan manzilli ishlash, belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish hamda aniq natijalarga erishish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, zarur hollarda moddiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish borasidagi imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 2